FON TOGʻLARI

FON TOGʻLARI — PomirOlay sistemasidagi baland togʻlar. Zarafshon va Turkiston tizmalari oraligʻida. Shim. dan Zarafshon vodiysi, gʻarbdan Kishtut daryosi vodiysi va sharkdan Fondaryoning chuqur darasimon vodiysi bilan chegaradosh. Eng baland joyi Chimtargʻa togʻi (5489 m). Fon togʻlarida Iskandarkoʻl bor. Urtacha balandlikdagi qismlarida oʻrmon, oʻtloqi dasht landshaftlari asosiy oʻrin tutadi. Baland togʻlar alp va subalp oʻtloklari, choʻqqilari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Yon bagʻrilarida qoya va qurum koʻp. Yanv. ning oʻrtacha trasi —10°,—15°; iyulniki 10—15°. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Fon togʻlaridan ToshkentDushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Turistlar koʻp keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x