FOLKLEND (MALVIN) OROLLARI

FOLKLEND (MALVIN) OROLLARI — Atlantika okeanining jan. gʻarbiy qismidagi arxipelag, Argentina qirgʻoklari yaqinida, Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 12,2 ming km2. 2 yirik orol — Sharqiy (Soledad) va Gʻarbiy Folklend (GranMalvin) o. laridan va 200 ga yaqin mayda orol va qoyalardan iborat. Orollar, asosan, metamorfik va choʻkindi jinslardan tuzilgan. Eng baland joyi 706 m. Iklimi sovuqroq okean iqlimi. Yillik yogʻin 600—700 mm, kuchli shamollar esadi, teztez tuman tushadi. Oʻtloq va vereskzorlar, torfli botkrkliklar bor. Dengiz parrandasi koʻp. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — PortStenli. Folklend (malvin) orollariga yevropaliklardan birinchi boʻlib ingliz dengizchi sayyohi J. Deyvis 1592-y. da yetib borgan. 1765-y. dan Ispaniya mulki. 19-a. ning 20-y. larida orollar Argentina nazorati ostiga oʻtdi. 1833-y. da inglizlar bosib oldi. Argentina orollarni oʻz hududining tarkibiy qismi deb hisoblab, orollar ustidan Britaniya suverenitetini tan olmaydi. 1982-y. gi Argentina bilan Buyuk Britaniya oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng inglizlar orolda mulkchilik maqomini oʻrnatdi. 1995-y. da Argentina bilan Buyuk Britaniya oʻrtasida orol hududida joylashgan netfgaz konlarini birgalikda oʻzlashtirish va qazib olish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida deklaratsiya imzolandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x