FILTR (frans. fi ltre — kigiz) , suz gʻich — 1) suyuqlik F. i — suyuklikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralashmaydigan boshqa suyuqliklardan ajratish (tozalash) uchun moʻljallangan asbob, moslama yoki gʻovak jism. Suyuklik Filtr lari ish prinsipiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy ishlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy Filtr oz miqdordagi suspenziyani ajratishda qoʻllaniladi. U vakuum yoki bosim ostida ishlaydi. L istli Filtr eritmalarni tindirish, qattiq fazasi hajmining 5%idan oshmagan suspenziyalarni ajratishda qoʻllaniladi. Filtrpresslardan, asosan, mayin dispers sistemalarni ajratishda, patronli Filtrdan suspenziyalarni tindirish yoki quyultirishda foydalaniladi. Patronli Filtr vakuumda (q. Vakuumpress) yoki bosim ostida ishlaydi. Uning ichki panjarasiga filtrlovchi toʻsiqlar (patronlar) mahkamlangan. Choʻkindi siqilgan havo, pnevmogidravlik zarb yoki titrama (vibratsion) qurilmalar vositasida tozalab olinadi; gaz F. lari uzluksiz ishlaydigan apparatlardir. Tuzilishiga koʻra, yassi filtrlovchi sirtli va batareyali boʻladi. Yassi filtrlovchi sirtli Filtrda teshik panjaralar boʻlib, ularga filtrlash toʻsiqlari oʻrnatiladi. Unga qum, kvars va b. qavatqavat qilib solinadi yoki ikki panjara orasiga tolali materiallar (asbest tola, shisha tola, paxta va b.) qoʻyiladi. Batareyali Filtr toʻqimalardan yeng shaklida yasaladi.
3) biologik Filtr — oqova suvlarni mikroblar taʼsirida parchalash jarayonlari yerdamida yoki organik moddalarni minerallash yoʻli b-n zararli moddalardan tozalash uchun moʻljallangan qurilma;
4) yoruglik Filtri — baʼzi nurlarni tutib qolish uchun moʻljallangan moslama; mas, maʼlum yorugʻlik nurlarini tutib qoladigan rangli shisha, rentgen nurlarini tutib qoladigan metall plastinalar, issiklik nurlarini tutib qoladigan ekranlar yoki sovitish idishlari (issiklik Filtri);
5) elektr F. i — bir xil chastotali toklarni oʻtkazish, boshqa chastotali toklarni kucheizlantirish uchun moʻljallangan qurilma. Oʻzinduksiya gʻaltaklari va kondensatorlardan iborat;
6) akustik Filtr — murakkab tovushdan muayyan chastotalar polosasini ajratib olish uchun moʻljallangan qurilma. Mac, reaktiv dvigatellar va ichki yonuv dvigatetarida ish bajarib boʻlgan gazlar xosil qiladigan shovqinni pasaytirib beradi (bunga avtomobil tovush soʻndirgichi, yaʼni glushitelni misol qilish mumkin). Texnikada, kurilish va radiotexnikada ham keng qoʻllanadi;
7) l a boratoriya Filtri — lab. ishlarida suspenziyalarni suyuq va qattiq fazalarga ajratish yoki filtrlash (suzish) koʻrsatkichlarini aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Shisha idish (nay, voronka), govak shishadan qilingan suzish toʻsigʻi yoki teshikteshik tubiga qogʻoz, mato, toʻr va b. suzish materiali toʻshalgan idishdan iborat; 8) ichki yonuv dvigatelinm yonilgi bilan taʼminlash tizimida yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalash uchun moʻljallangan qurilma (q. Yonilgʻi filtri).