Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash

XII asr oxirlariga kelganda Mo’g’ulistonda yashovchi turli qabila va urug’lar o’rtasida siyosiy kurashlar avj olgan edi. Ularda ayniqsa urug’-aymoqchilik munosabatlari kuchli bo’lib, asosan ko’chmanchi chorvachilik, ovchilik va mol ayirboshlash bilan kun kechirar edilar.

1155 yilda tug’ilgan Temuchin 1206 yilda Onon daryosi buyida maxsus chaqirtirilgan qurultoyda Temuchin butun Mug’ulistonning Hoqoni deb e’lon qilindi. 1207-1208 yillarda Enasoy (Enisey) havzasi, Ettisuv viloyatining shimoliy qismi bosib olinib, u erdagi uyg’urlar ham to’liq buysundirildi. 1209 yilda Chingizxon Xitoyning shimoli-sharqiydagi Tongg’ut mamlakatiga hujum qilib, katta o’lja va ko’plab odamlarni qul qilib, Mo’g’ulistonga olib ketdi. 1211-1215 yillar davomida esa avval Xitoyga hujum qilib, qudratli Tszin armiyasiga qattiq zarbalar berdi, so’ngra esa Pekin shahrini ishg’ol qildi. Tszin sulolasi ag’darilib, Shimoliy Xitoy Mo’g’ullar davlatiga qo’shib olindi. Mo’g’ulistonda qudratli davlatni tashkil qilgan Chingizxon o’z e’tiborini endi Markaziy Osiyo tomonga qarata boshladi.

Xorazmshohlar davlati Oloviddin Muhammad podsholik qilgan davrida (1200-1220) Samarqand va O’trorni qoraxoniylardan tortib oladi, uzoq G’aznagacha (Afg’oniston janubi) o’z chegarasini kengaytirib, G’arbiy Eron va Ozarbayjonni bo’ysundiradi. Dashti Qipchoqning ichkari hududlariga kirib boradi. Ma’lumotlarga ko’ra, 25 dan ortiq mamlakat unga qaram bo’lgan. Shu tufayli Oloviddin Muhammad erishilgan ulkan yutuqlardan ortiqcha kibrlanib, o’zini “Iskandari Soniy”, ya’ni ikkinchi Iskandar deb e’lon qiladi.

Mo’g’ullar istilosi arafasida Xorazmshohlar davlatida asli ikkihokimlik o’rnatilgan edi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakat shohi Oloviddin Muhammad hisoblansada, ichki va tashqi siyosatni olib borishda ikkinchi hokim shohning onasi Turkon xotun hisoblangan. Oloviddin Tekesh vafotidan so’ng Turkon xotun endi davlat va boshqaruv ishlariga har tomonlama, to’liq aralasha boshlagandi.

Mo’g’ullar istilosi arafasida mamlakatning tushkunlikka va tang ahvolga kelgan edi. Chingizxon va Oloviddin davlatlarining elchilari savdo karvonlari saflarida bir birlariga borib, ayni vaqtda turli, kerakli ma’lumotlar to’plab, ayg’oqchilik vazifalarini ham bajarardilar. Mo’g’ullarning Xorazmshohlar davlatining istilosi arafalarida ikki yirik tarixiy shaxs, hukmdorlar o’rtasida bir-birini har tomonlama o’rganishga mo’ljallangan ana shunday munosabatlar bo’lib turgan edi.

Mo’g’ul istilochilarining Turon zaminga harbiy yurishlari. Oloviddin Muhammadning harbiy xatosi, uning oqibatlari. Xorazmshoh bilan shartnoma tuzilganidan ko’ngli to’q bo’lgan Chingizxon Pekindan xorazmshohlar davlatiga Umar hoji al-O’troriy, al-Jamol al-Marg’oniy, Faxriddin al-Buxoriy boshchiligida 450 ta musulmon savdogarlardan iborat, har qabilasidan 2-3 tadan vakil bo’lib, ular Xorazm mamlakatidagi noyob mollarni Mo’g’iliston uchun tanlash, xarid qilish ishlari bilan shug’ullanishlari lozim edi. Ayni vaqtda, Xorazmshoh davlatiga kelgusida harbiy yurishlar uchun ma’lumot to’plash maqsadida yuborilgan kishilar ham bo’lishi mumkinligi ehtimoldan holi emasdi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, karvon O’tror shahriga etib kelganida shahar hokimi, Turkon xotunning amakivachchasi Inolchiqxon (asl ismi G’oyirxon) undagi qimmatbaho mollarni ko’rib, ochko’zligi avj olib, niyati buzilib, Xorazmshohga karvondagilar o’zlarini josusdek tutayaptilar deb shoshilinch xabar yuboradi. Xorazmshoh hokimga karvonni mamlakat ichkarisiga kiritmay, to’xtatib turish haqida buyruq yuboradi. Lekin Turkon xotun himoyasiga ishongan Inolchiq katta fojeaga qo’l uradi, ya’ni, uning buyrug’i bilan karvon qo’lga olinadi, barcha savdogarlar va boshqa kishilar qatl etiladi. Karvondagi mollarning bari musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qolgan bir tuyakash Chingizxon huzuriga etib borib, fojea haqida unga xabar berishga muvaffaq bo’ladi.

Chingizxon va Xorazmshohlar davlati o’rtasidagi urush 1219 yilda boshlandi. Mo’g’ul istilochilari juda katta kuch va shijoat bilan O’trorni egallashga oshiqdilar. O’tror qamali 5 oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasida 80 mingdan ortiqroq askarlar ishtirok etgan.

1219-1221 yillar davomida qaqshatgich urushlar natijasida mug’ul qushinlari Xorazmshohlar davlatini deyarli barcha erlarini zabt etdilar.

Xorazmshohning o’g’li Jaloliddin 1221-1231 yillar davomida Chingizxon va uning qushinlariga qattiq qarshilik ko’rsatib ko’p talofat etkazdi.

Jaloliddin Mayofarikin yaqinidagi Ayndar nomli qishloqqa etib kelganda kurd qaroqchilari qo’liga tushadi. Kurdlar uning bor narsasini olib qo’yadilar. Ularning boshlig’i Jaloliddinni bir uyga qamab, soqchi tayinlab ketadi. Shu paytda bir kurd bu voqeadan xabar topib, Jaloliddin turgan uyga keladi. Bu kishining birodari Hilot qamalida xorazmiylar tomonidan o’ldirilgan bo’lib, u o’ch olish payida yurgandi. Soqchining qarshiligiga qaramay, kurd hech qanday qurolsiz Jaloliddinga nayza sanchib o’ldiradi. Shuncha yillar suronli, tengsiz janglarda, beqiyos jasorat ko’rsatib, ulardan omon chiqqan tengi yo’q bohodir Jaloliddinning hayot yo’li shu tariqa shuhratsiz tugaydi. Bu voqea 1231 yili 17-20 avgust o’rtalarida sodir bo’lgan edi.

Lekin, shu narsa aniqki, o’sha davrda Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi kurashda musulmonlarning suyangan tog’i edi. Biroq, uning davlati musulmon hukmdorlari o’rtasidagi ichki ziddiyatlar tufayli zavol topdi. Uning bemahal halokati tufayli esa islom dunyosi boshiga mo’g’ul bosqinchilarining yangi-yangi kulfatlari yog’ildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x