Markazlashgan mo’g’ullar davlatining tashkil topishi. XII asr boshida Xorazm davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat

XI-XII asrlarda mo’g’ullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xayotda qoloq xisoblanar edi. Ularda xali urug’-aymoqchilik munosabatlari kuchli bo’lib, asosan chorvachilik, ovchilik va o’zaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelishgan.

XII asr oxiri XIII acr boshlarida mo’g’ul urug’ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda Temuchin ismli baxodir g’olib chiqib, 1204-1205 yillarda ko’chmanchi chorvador urug’larni siyosiy jixatdan birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1206 yilda u Onon daryosining yuqori qismida qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli dengizdek xon ma’nosini bildirgan.
Ana shu tariqa Temuchin ko’p sonli jangari kabilalar saltanatining kuchli xukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining o’zagini Chingizxon yurgizgan qattiqqo’l va xuquqiy jixatdan asoslangan, markazlashgan siyosat tashkil etdi. Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha soxalarini o’z ichiga olgan bu xuquqiy siyosat 1206 yildagi qurultoyda qabul qilingan «Yaso» qonunida asoslab berilgan edi. Taqidlash joizki, «Yaso» ko’p yillik xayot tajribasi, qabila va urug’larning urfu-odati, an’anasi, o’zini oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi. Mintaqa tarixida dastlab xuquqiy xujjat bo’lganligi bois «Yaso» moxiyatiga bir oz to’xtalmoq lozim. Unda:
— xonning vazifalari va xuquqlari belgilangan.
Xattoki ulug’ xon o’z burchini to’liq bajarmasa, uni xokimiyatdan chetlashtirish fikri ham aks ettirilgan;
— qo’shinni tashkil etish tamoyillari yoritilgan. (o’n, yuz, ming, tuman…) tizimi uzoq asrlar davomida qator mamlakatlarda qo’llanilgan. O’ziga xos holat shundaki, qo’shinga davlatning hech qanday mablag’ xarajati ko’zda tutilmagan bo’lib, har qaysi jangchi o’z ovqati, quroli, zarur buyum va anjomlari uchun o’zi qayg’urishi kerak bo’lgan. Ya’ni yashash va kurash mezoni olinadigan o’ljaga bog’liq qilib qo’yilgan, xayotiy zarurat darajasiga ko’tarilgan edi. Jang uslubi oddiy, yoppasiga, birvaraqayiga xujumga o’tishga asoslangan bo’lib, qo’rqoqlik, sotqinlik qattiq jazoga tortilar edi;
— jazo choralari aks ettirilgan. Suvni yoki sutni ataylab to’qib yuborish dasht sharoitida qechirilmas jinoyat sifatida qoralanar edi. O’g’rilik, ochiq talon-tarojlik razil odat sanalar, o’g’irlangan mol to’qqiz barobar miqdorida o’ndirib olinardi;
— ayollar xuquqlari ta’qidlangan. Xususan, urush sharoitida avlodlar kelajagini ta’minlash sifatida baxolangan ayollarning o’z eriga xiyonati qonun tomonidan kechirilgan.
«Yaso» qoidalarini xamma bajarishi shart emasdi. Mamlakat oldidagi buyuk xizmatlari uchun shaxsan Chingizxon marxamatiga erishib «tarxon» unvoniga ega amaldorlar uni xatto 9 marta buzishlari mumkin bo’lgan. Birinchi qurultoydayok bir necha kishi ana shunday unvonga ega bo’lishi bu davlatning naqadar tabaqalanganligini ko’rsatadi.
«Yaso»ning e’lon qilinishi Chingizxonning mutloq xukmdorligini, o’ta qattiq intizomli va kuchli xarbiylashgan mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi. Iqir-chiqirlarigacha mukammal ishlab chiqilgan va xarakatga keltirilgan bu ulkan «mashina» o’zga davlatlar uchun jiddiy xavf edi.
Chingizxon qo’shinlari turli qismga bo’lingan edi. O’n jangchiga bir boshliq-o’nboshi, yuzboshi, mingboshi va tumanboshilar qo’yilgan. Davlat unvonlari va mansablar-ulug’, o’rta va kichik xokimlar dorugalar, oliy va quyi xokimlardan iborat bo’lgan. Chingizxon davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va o’qishdan bexabar bo’lgan xon bu boradagi davlat ishlarida uyg’urlar va savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.
Chingizxon 1207 yilda o’z mamlakatining shimoliy erlarini, 1207-1208 yillarda Enisoy daryosi xavzasini, 1211-1215 yillarda Xitoyni egalladi. Ayniqsa Sin sulolasining qulatilishi va uning natijasida erishilgan bexisob xarbiy o’lja va boylik, zamonaviy jang asboblari va uskunalar Chingizxon qo’shinini yangi yurishlarga ilxomlantirdi. Mug’ullar davlati qisqa muddat ichida O’rta Osiyodagi Xorazmshoxlar davlatiga chegaradosh mamlakatga aylandi.
Xorazmshoxlar davlatining xukmdori Alovuddin Muxammad uzoq yillar davomida qo’shni davlatlar ustiga muvaffaqiyatli xarbiy yurishlarni amalga oshirib, Ozarbayjon, Eron, Qurdiston, Iroq erlarini qo’lga kiritgan, salkam 400 ming kishilik qo’shinga ega edi. G’alabalar uning shuxratparast qalbida katta ishonch, g’urur va shu bilan birga balandparvoz xislarni uyg’otgandi. O’zini «xudoning erdagi soyasi», «ikkinchi Iskandar» deb atab yurgan Muxammad xam Xitoyga ko’z tikkandi.
Boz ustiga Muxammadning siyosiy mavqei pasayib borar, o’lkadagi ijtimoiy ahvol esa notinch edi. Shox bir qator zaifliklarga ega bo’lganki, bu muvaffakiyatlar davrida uncha sezilmas, ammo jiddiy xarbiy sharoitda real xavf kasb etardi. Xususan, Muxammad qipchoqlardan bo’lgan qator lashkarboshilarga ishonmas, taxtga ko’z tikkan onasi Turkon xotin va uning saroyiga tiqishtirilgan qarindoshlari bilan chiqishmas, din peshvolarini o’z xarakatlari tufayli qattiq ranjitgan edi. Xalq qo’zg’olonlarini (1210 y Samarqand qo’zg’oloni) shafqastizlik bilan bostirgani, soliqlar zulmi, turmush darajasining pastligi uni oddiy halqdan juda uzoqlashtirgandi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshox davlatlari o’rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi. 1216 yil Chingizxon xuzuriga Xorazmshox o’z elchilarini oboradi. O’zaro totuvlik va do’stlik qaror topib, ikki davlat xududlarda sovdogarlarning erkin qatnoviga xoxish bildirildi. So’ng, 1218 yili Xorazmshox yangi elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Maxmud Yalovoch boshchiligida Xorazmshox davlatiga elchi yuboradi. Ammo mo’nosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi.
1218 yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya xamda 450 savdogarlardan iborat savdo karvonini jo’natadi. Biroq Utror noibi Inalxonning farmoniga ko’ra, karvon talanadi. Savdogarlar qirib tashlanadi.
Chingizxon bu vokeadan nixoyatda dargazab bo’lsada, g’azabini bosib, Ibn Kufroj Bug’roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan birga Xorazmshox xuzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdorni jazolash, Inalxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshox Chingizxonning talabiga javoban elchini o’ldirishni va ikki mulozimni soqol-moylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat o’rtasida xarbiy to’qnashuv mukarrar ekanligini ko’rsatadi.
Xorazm mamlakatining xarbiy qudrati, geografik xolati davlat boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon o’rgangan Chingizxon ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nixoyatda qulay ekanini tushunadi xamda 1218 yili chaqirilgan navbatdagi Qurultoyda xarbiy xarakatlar taktikasini ishlab chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x