FERMER XOʻJALIGI

FERMER XOʻJALIGI — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda q. x. mahsulotlari yetishtirish b-n shugʻullanadigan xoʻjalik. F. x. ning ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, q. x. ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, q. x. ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sh. k. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligi lari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-a. ning 20—30 y. lari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60-y. larda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida q. x. ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda q. x. tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha i. ch. vositalari va yetishtirilgan mahsulot F. x. boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.

Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-y. 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik q. x. korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-y. larning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuni (1998-y. 30 apr. ; yangi taxrirda 2004-y. 26 avg.) bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 y. ga yoki 30 y. dan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va b. ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2004-y. 1 yanv.).

Rasulmat Husanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x