Tushda mozor ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda mozor ko`rsa nima bo`ladi. Tushda biror kishining qabr ko’rishi qamoqxonaga, qamoqxona ko’rishi esa qabrga ishoradir. Tushda qabr qazganini ko’rgan kishi uy ta’mirlaydi. Janozasiz qabrga kirganini ko’rgan kishi marhumning merosxo’rlari tomonidan sotilayotgan uyni sotib oladi. Bo’ydoq kishi qabr qaziganini ko’rsa makkora ayolga uylanadi. Tushda qabr ustida tikturganini ko’rgan kishi katta gunoh qiladi. Tushida qabrlarni ziyorat qilgan kishi qamoqxonada bo’ladi. Tiriklayin ko’milganini ko’rgan kishi g’amga botadi.

Картинки по запроÑу қабр

QABR, QABRISTON

Tushda ko’rilgan qabr uy, salomatlik va uzoqumr, deb ta’bir qilinadi. Tushda qabri qazilganini ko’rgan kishi uyli bo’ladi. O’zi qaziganini ko’rsa ham shunday. Tirik holida qabrga qo’yilganini va usti yopilganini ko’rgan kishi qamaladi. Tanish mashhur kishining qabrini qaziganini ko’rgan kishi uning yo’lidan boradi. Payg’anbarimiz (s.a.v.) ning qabrini qazib, u erdan bir narsalar olganini ko’rgan kishi dinda dadil bo’ladi. Qabristonda er kavlaganini ko’rgan kishining umri uzoq bo’ladi. Qabristonda aylanib yurgani, o’liklarga salom berganini ko’rgan kishi hamma narsadan ayriladi, tilanchilik qilishga majbur bo’ladi.

Картинки по запроÑу қабр

O’zi qabri ustida yalang oyoq holda tik turganini ko’rgan kishi imon bilan vafot etadi. Notanish qabrni ochganini ko’rgan kishi kimningdir sirini sezib qoladi. Yahudiy va nasroniylarning qabristonini ko’rish dunyoga mehr qo’yish, boyish demakdir. G’ayri muslimning qabrini ochganini ko’rgan kishiga kutilmagan odamdan meros qoladi. Bu qabrlardan biror narsa olgan kishi dushmanlarining siridan voqif bo’ladi va savdosi yurishadi.

QABRISTON

Tushda qabriston ko’rish va’z-nasihatga, Qur’on o’qishga, yig’lashga, o’limni eslashga, qo’rqishga, dunyodan ko’ngil uzishga ishoradir. Tushda qabriston ko’rish qo’rqoqlar uchun ishonch, qo’rqmaydiganlar uchun qo’rquvdir. Qabristonga kirib o’liklarning suyaklarini chaynaganini ko’rgan kishi tajriba va sinovdan o’tkaziladi.

O’QISh

Biror kishi tushida nimanidir o’qisa, quvonchli xabar eshitadi. Aslida o’qishni bilmagan holda, tushida o’qiganini ko’rsa, bu tush ko’rgan kishining bundan keyin boyishiga ishora bo’ladi. Biror varaq yoki kitobni o’qiganini ko’rgan kishi merosga ega bo’ladi. Varaqni tes- kari tomondan o’qiganini ko’rgan kishi qarzga botadi. Tu- shida amal daftarini o’qigan kishi gunohlari uchun tavba qiladi.

O’G’RI

Tushda o’g’ri ko’rish kasallik va darddan darakdir. O’g’rining biror narsa o’g’irlaganini ko’rgan kishi qotilni ko’radi. O’g’rini tush ko’rish Azroil (a.s.) deb ham ta’bir qilinadi. Tushdagi o’g’ri ayyor kishi, zino qilgan gunohkor, g’iybatchi odam deb ham ta’birlanadi. Tushda biror narsa o’g’irlash zino va sudxo’rlikka ishoradir. Tushda ko’rilgan notanish o’g’ri Azroil (s.a.)dir. Ug’rilik, ayni paytda, o’g’rining gunoh qilishiga ishora hamdyr. Shu sababdan tushida o’g’rilik qilganini ko’rgan kishi zinoga yo’l qo’yadi yoki yolg’on gapiradi. Chunki zino qilgan kishi o’g’ri singari qilgan ishini yashiradi.

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x