KALEYDOSKOP

KALEYDOSKOP (yun. kalos — chiroyli, eidos — koʻrinish va skopeo — koʻraman, kuzataman) — ichiga birbiriga nisbatan 60° burchak ostida joylashtirilgan 3 ta koʻzgu plastinkalari oʻrnatilgan trubka. Ingliz fizigi D. Bryuster 1817-y. da kashf qilgan. Trubkaning bir tomoni xira shisha bilan berkitilib, turli rangdagi shisha siniqlari solinadi, ikkinchi tomoniga kuzatish uchun shaffof shisha oʻrnatiladi. Trubka aylantirilganda xira shisha qoʻyilgan uchida dam-badam oʻzgarib turadigan turli shakllar koʻrinadi. Kaleydoskopdan meʼmorlik, toʻqimachilik va b. sohalarda nusxalar olishda foydalaniladi; u bolalar oʻyinchogʻi sifatida ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x