KABUDANJAKET — ilk oʻrta asrlardagi (5—12-a. lar) Samarqand rustoklaridan biri va uning markazi. Samarqanddan 2 farsax (14—15 km) masofada joylashgan. Jome masjidi boʻlgan. Oʻrta asr manbalarida Kabudanjaketda Barkat va Vadar sh. lari qatorida qayd etilgan. Kabul qishlogʻi «Boburnoma» da ham uchraydi. Arxeologlarning fikricha, Kabudanjaket hoz. Qoʻrgʻontepa sh. xarobasi oʻrnida boʻlgan. Mil. 4—5-a. lar dagi siyosiy voqealar taʼsiri ostida Qovunchi madaniyatiga mansub qavmlar Sirdaryo boʻylaridan Zarafshon vodiysiga koʻchib kelganlar va kichik mustaqil mulklar barpo etganlar. Ular Samarkand rustoklarida 9—12. a. larda sugʻorma dehqonchilik asosida shaharsozlik va qishloq madaniyatini yuksalishida muhim oʻrin tutgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые