KOʻP TIRAJLI GAZETA

KOʻP TIRAJLI GAZETA — muayyan tashkilot, muassasa yoki oliy oʻquv yurtlari qoshida taʼsis etilib, ularning asosiy mehnat faoliyatini yoritadigan matbuot turi. Oʻzbekistonda Koʻp tirajli gazeta qonun asosida tegishli matbuot boshqarmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtgach, oʻz nizomi asosida ish yuritadi. Unda, asosan, oʻsha korxona (tashkilot yoki muassasa)ga tegishli xabar va yangiliklar, eʼlon va bildiruvlar, maqola va sharxlar chop etiladi. Aksariyat Koʻp tirajli gazetalar mehnat jamoasining milliy mansubligiga qarab, ikki yoki undan ortiqtillarda nashr etiladi. Mas, «Toʻqimachi» («Buxorotekstil» kombinati nashri), «Udarnik» (Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi nashri). Ayni paytda bir qator nufuzli oliy oʻquv yurtlari ham oʻz nashrlariga ega. Boʻlar sirasiga «Shifokor», «Tibbiyotnoma» (1 – va 2 – ToshTI nashrlari), «Pediatr» (Toshkent pediatriya in-ti nashri), «Texnika maskani» (ToshTU nashri), «Universitet» (OʻzMU nashri), «Moliyachi» (Toshkent moliya in-ti nashri), «Til va dunyo» (Oʻzbekiston jahon tillari un-ti nashri) va b. kiradi. Shuningdek, ayrim oʻquv gaz,lari va axborot byulletenlari ham Koʻp tirajli gazetalar hisoblanadi. Mac, OʻzMU jurnalistika f-tining «Jurnalist» oʻquv gaz. si, «Zarafshon-Nyumont» Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasining «ZARAFSHAN-NEWMONT» JV NEWS — Vestnik SP Zarafshan-Nyumont» axborot byulleteni va b.

Norali Ochilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x