TEHRON

TEHRONEron poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Elburs togʻining jan. etagida, 1100—1300 m balandlikda joylashgan. Iklimi subtropik kontinental iqlim. Oʻrtacha t-ra yanv. da 2°, iyulda 29—30°. Oʻrtacha yillik yogʻin 240 mm. Texron ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsuloti qiymatining 1/3 qismi Tehronga toʻgʻri keladi. Mashinasozlikning turli sohalari, xususan, avtomobilsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, radio va teleapparaturalar, maishiy elektr asboblari ishlab chiqarish., taʼmirlashmexanika, metallsozlik, neftni qayta ishlash, sement, oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo sanoati, oynashisha, chinnifayans korxonalari bor. Hunarmandchilik (yogʻoch oʻymakorligi, chilangarlik, metall va zargarlik buyumlari tayyorlash, gilam toʻqish va b.) rivojlangan.

Tehron 12-a. da Ray sh. yaqinidagi manzilgoh oʻrnida barpo qilingan. 14-a. dan yirik savdo markaziga aylandi. 1722-y. da shaharni afgʻonlar vayron qilgan, birok, tezda tiklangan. 1786-y. da Qojarlar sulolasi hukmdori Muhammadshogʻ Tehronni poytaxt deb eʼlon qilgan. 1870—72 y. larda shahar ancha kengaydi, yangi qurilishlar amalga oshirildi. Shahar 20-a. oʻrtalaridan tez surʼatlarda rivojlandi. 1943-y. da Tehronda 3 ittifokchi davlat — SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya hukumati boshliqlarining konferensiyasi (Tehron konferensiyasi) boʻlib oʻtgan.

Tehron yangi va eski shahar qismlaridan iborat. Shahar koʻchalari keng, zamonaviy binolar, maʼmuriy idoralar, elchixonalar, mehmonxonalar qurilgan. Istirohat bogʻlari, xiyobonlar barpo etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Shoh masjid, Madrasa, saroylar saqlangan. Guliston saroyida (18-a. oxiri — 19-a.) oltin, kumushga oʻyib ishlangan noyob buyumlar, gilamlar saqlanadi. Tehron unti, Milliy va texnologiya untlari, tibbiyot inti, kutubxonalar, arxeologiya, etnografiya muzeylari, kartinalar galereyasi, opera va balet teatri, sanʼat maktabi va h. k. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x