TETRAEDR (tetra… va yun. hedra — yoq, asos) — uch burchakli piramida. T. ning yokdari muntazam uchburchaklardan iborat boʻlsa, u muntazam Tetraedr deyiladi. Muntazam Tetraedr — muntazam koʻpyoklarning 5 ta turidan biri; uning 4 ta (uch burchakli) yoqlari, 4 ta uchi va 6 ta kirrasi bor. Muntazam Tetraedr qolgan 4 ta muntazam koʻpyoqlilardan farqli ravishda simmetriya markaziga ega boʻlmaydi. Muntazam Tetraedrning 6 ta simmetriya tekisligi boʻlib, bu tekisliklarning har biri Tetraedrning bir qirrasi va bu kirra bilan uchrashmaydigan qirrasining oʻrtasidan oʻtadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые