TELLUR CHIZIQLARI — nurlanishning Yer atmosferasidagi gazlar tomonidan yutilishi natijasida kosmik nurlanish manbai spektrida hosil boʻladigan spektral chiziqlar. Tellur chiziqlarini asosan, N2, O2, O3, N2O molekulalari hosil qiladi. Spektrning ultrabinafsha qismida azot va kislorodning eng kuchli Tellur chiziqlari joylashgan. TP uning uchun Tellur chiziqlari spektrning bu qismi (>. suv bugʻining Tellur chiziqlari joylashgan, ular kosmik nurlanishni qisman oʻtkazadi. Tellur chiziqlarini birinchi marta shotland fizigi D. Bryuster (Brewster) Quyosh spektrini kuzatib qayd qilgan (1832).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые