DADABOYEV Akram Dadaboyevich

DADABOYEV Akram Dadaboyevich (1908, Xoʻjand — 1988.12.8. Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1934). 1934—66 y. larda hoz. Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, seleksioner, direktor. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FAning vitse-prezidenti (1957—61), OʻzR Qishloq xoʻjaligi vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari (1966—72). 1972-y. dan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. in-tida maslahatchi. Dagʻal, pishiq va kalta tolali, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamli S-7059, S-7010, S-7068, S-7055, ertapishar va bargi tez toʻkiladigan, 42% gacha tola beradigan S-8230, S-8232, S-8257 va b. gʻoʻza navlarini yaratdi. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish muammolariga bagʻishlangan.

As: Metodы vыvedeniya i razmnojeniya novыx sortov xlopchatnika, T., 1969 (N. G. Simongulyan bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x