ROSSIYADA 1905-07 YILLAR INQILOBI

ROSSIYADA 1905-07 YILLAR INQILOBI — samoderjaviyega qarshi kurash voqealari. 1904—05 y. lardagi rusyapon urushi natijasida mamlakatdagi inqirozli ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashdi. Sankt-Peterburgda 1905-y. 9 yanv. da ishchilarning tinch namoyishi oʻqqa tutilganligi (Qonli yakshanda deb nom olgan voqea) inqilobning boshlanib ketishiga turtki boʻldi; dehqonlar gʻalayonlari kengayib ketdi, ishchilar orasida, armiya va flotda noroziliklar kuchaydi («Potyomkin» bronenosetsida qoʻzgʻolon, Vladivostok qoʻzgʻoloni va b.) Burjuaziya islohotlar oʻtkazish talablarini koʻydi. Kasblar boʻyicha va kasabasiyosiy uyushmalar, ishchi deputatlari Sovetlari paydo boʻldi, sotsialdemokratik partiya va sotsialistrevolyutsionerlar partiyasi mustahkamlandi, konstitutsiondemokratik partiya, «17 oktyabr ittifoqi», «Mixail Arxangel ittifoqi» va b. partiyalar tashkil qilindi. 1905-y. gi Okt. Butun Rossiya siyosiy stachkasi, liberallar tomonidan samoderjaviyening keskin tanqid qilinishi imperator Nikolay II ni 1905-y. 17 okt. manifestini chiqarishga majbur qildi. Siyosiy erkinliklarni vaʼda qilish, qonun chiqaruvchimaslahat beruvchi Davlat dumasining chaqirilishi hukumatga liberallarni betaraf etish imkonini berdi; Moskva, RostovDon, Novorossiysk, Yekaterinoslavdagi 1905-y. dek. qurolli qoʻzgʻolonlari tormor qilindi. Biroq 1906-y. ishchilarning zabastovka kurashi davom etishi bilan birgalikda dehqonlarning (ayniqsa, 1906-y. yezda), armiya va flotning («Pamyat Azova» kreyserida, Sveaborg va Kronshtadtda qoʻzgʻolonlar), milliy mintaqalar aholisining (Latviyada «oʻrmon birodarlari», Gruziyada «qizil yuzliklar» va b.) faolligi ortib bordi. 2Davlat dumasining tarkatib yuborilishi (1907-y. Uchinchi iyun davlat toʻntarishi deb atalgan voqea) inqilob tugaganligini bildirardi. Samoderjaviye parlament vakilligini tashkil qilish va islohotlarni boshlash yoʻlini tutdi (Stolipinning agrar islohoti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x