RASSOMLIK SANʼATI

RASSOMLIK SANʼATI — asarlari biror yuza (qogʻoz, mato, taxta, devor va b.)ga boʻyoq (akvarel, moyboʻyoq, tempera, guash, yelimboʻyoq), qalam, rangli tosh, shisha va h. k. da ishlanadigan tasviriy sanʼat turi. Qanday xomashyodan va kanday ishlanishiga qarab rangtasvir va grafika™ ajratiladi. Rangtasvirda rang muhim oʻrin egallaydi va uning xarakterli tomonlarini belgilaydi; grafikada asosan chiziq, oqqora boʻyoq dogʻlari asosiy boʻlib, rang ikkinchi darajali oʻrin tutadi, koʻp hollarda shartli, ramziy maʼnoda asarning gʻoyaviy emotsional tomonini kuchaytirish maqsadida uni qoʻllash mumkin. Mac, plakatpz. rangi kizil buyum koʻk, sariq va b. rangda berilishi mumkin va h. k. «Rassomlik sanʼati» iborasi 20-a. 50-y. laridan qullanilib, dastlab rangtasvirni taʼriflash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda, shuningdek, badiiylik maʼnosida xdm qoʻllaniladi.

Rassomlik sanʼati qad. boʻlib, rangtasvir va grafika bir-biri bilan uzviy bogʻliq holda rivojlangan. Davr utishi bilan professional sanʼatning kuchayishi ularni mustakdl sanʼat turlariga ajrata boshlagan. Uygʻonish davri va undan keyingi davrlarda Rassomlik sanʼati ifoda vositalari boyib borgan, mutaxassislar yetishib chiqqan, texnika va texnologiya oʻzgarib yangilanib borgan. Rangtasvir va grafikani bir-biridan aloxdda ajratish qiyin, chunki har bir ijodkor ularning har ikkisida ham ijod qiladi, ijodkor faoliyatiga baxr berish faqat ulardan qay birining yetakchiligiga bogʻliq. Mac, L. Abdullayev rangtasvir va grafikada xam mehnat qilgan, lekin rangtasvir ustasi sifatida eʼtirof etiladi. Ch. Axmarov, N. Kashina va b. ijodida xam shu xrlni koʻrish mumkin, ular ijodida fafikaning ayrim tur va koʻrinishlari oʻz ifodasini topgan, xolos. V. Kaydalov, Q. Basharov va b. ijodida rangtasvir asarlari mavjud boʻlsa xam, ular fafik rassomlar qatoridan oʻrin olgan. Oʻzbek kitob grafikasining asoschisiboʻlgan I. Ikromovni, rassomN.

Xoliqov, A. Bobrov, F. Kagarov va b. ni grafik rassomlar sifatida eʼtirof etish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x