RADIOTELESKOP

RADIOTELESKOP (radio… va teleskop) — Osmon (Quyosh sistemasi, Galaktika va Metagalaktikadagi) jismlarining xususiy radionurlanishlarini qabul qiladigan va bu manbalarning xossalarini oʻrganadigan astronomik asbob. R. antenna va kabul qiluvchi qurilmaradiometrdan tuzilgan. Radioastronomiyada foydalaniladigan toʻlqin uzunliklari diapazoni juda keng (0,1 mm dan 1000 m gacha) boʻlgani tufayli Radioteleskop antennalarining tuzilishi ham turlituman boʻladi. Antennalar osmonning kuzatiladigan sohasiga yoʻnaltirilishi uchun azimut boʻylab buriladigan (toʻla buriluvchi antennalar), qisman buriladigan yoki qoʻzgʻalmas (juda katta) qilib oʻrnatilishi mumkin. Qisqa toʻlqinli nurlanishlarda parabolik koʻzgu antennalar yoki ularning bir nechtasidan iborat tizimlar (panjaralar) dan foydalaniladi. Priyomnikda kuchaytirilgan va detektirlangan elektr tebranishlar maxsus asboblar (miliampermetr, ossillograf) bilan qayd qilib boriladi. Bunda asbob koʻrsatishi Yerga tushayotgan kosmik radionurlanishning qiymatini oʻlchashga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x