RIZOQULIXON Hidoyat (1800.8.6 1871.30.6) — tarixchi, diplomat, shoir. Erondagi dastlabki dunyoviy oliy maktab — dorilfunun direktori (1851 — 64). Xivaga yuborilgan elchilar rahbari (1851), elchixona haqida kitob yozgan. Uning eng yirik asari «Ravzat ussafoye Nosiriy» («Nosirning poklik bogʻi») boʻlib, tarixchi Mirxond va Xondamir asarlarining davomi hisoblanadi. Asarda Eronning 16-a. dan 19-a. ning 60-y. larigacha boʻlgan tarixi bayon etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые