PIRGELIOMETR

PIRGELIOMETR (yun. pyr — olov, helios — Quyosh, metr — oʻlchayman) — Quyosh nurlariga tik oʻrnatilgan yuzaga toʻgʻri tushayotgan kuyosh nurlanishi kuvvatini oʻlchaydigan asbob. Yevropada Ongstryom Pirgeliometr ishlatiladi. U kora rangga boʻyalgan ikkita bir xil juda yupqa manganin plastinkadan iborat boʻlib, ulardan biriga Quyosh nurlari tushganda qiziydi, nur tushmaydigan ikkinchi plastinka esa elektr toki yordamida qizdiriladi. Plastinkalarga ulangan termopara ularning t-rasi teng boʻlganda tok kuchini koʻrsatmaydi. Bu vaqtda ikkinchi plastinkadan oʻtayotgan tok quvvati birinchi plastinkaga tushayotgan Quyosh nurlanishi quvvatiga teng boʻladi. Amerikada etalon sifatida ichidan suv oʻtadigan Pirgeliometr ishlatiladi. Unda ikkita bir xil naylar ichiga kora rangga boʻyalgan kameralar oʻrnatilgan. Naylardan birining ichiga Quyosh nurlari tushadi va qora kamerani qizdi-radi, ikkinchisiga tushmaydi va uning ichidagi kamera elektr toki yordamida ikkala naydan chiqayotgan suv oqimlari t-rasi tenglashguncha qizdiriladi. Ikkinchi kameradan oʻtayotgan tok kuchi quvvati Quyosh nurlanishining quvva-tiga teng deb hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x