POLIAMIDLAR

POLIAMIDLAR — makromolekula-sining asosiy zanjirida takrorlanadigan — SO—NH — guruhi tutgan sintetik polimerlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra karbozanjirli va geterozanjirli boʻladi. Karbozanjirli Poliamidlar makromolekulasining asosiy zanjiri fa-kat uglerod atomlaridan tuzilgan, amid guruxlari esa tarmoklarda joylashganligi sababli (mas, poliakril-amid) ularni, odatda, Poliamidlarga taalluq-li deb hisoblanmaydi. Geterozanjirli Poliamidlarda CONH guruhi makromolekulaning asosiy zanjirida joylashgan boʻladi. Geterozanjirli Poliamidlar muhim ahamiyatga ega. Ular polikondenslanshi yoki polimerlanish usullari b-n olinadi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra, oqsillar va peptidlar xam Poliamidlar, ammo tuzilishi va xossalari «odatdagi» sintetik Poliamidlardan keskin farq qilganligi uchun ularni alohida sinfga ajratiladi.

Poliamidlar oq yoki oqish-qizgʻish rangli shoxsimon qattiq moddalar Suyuklanish t-rasi 150 dan 430° gacha. Baʼzi Poliamidlar qovu-shoq suyuqliklar (smolalar). Mustahkamligi, qattiqligi, elastikligi, yeyilishga, issiqqa, kimyoviy reagentlar taʼsiriga barkaror.

Poliamidlar sintetik tolalar, plyonkalar, loklar, sunʼiy charm olishda, fotografiya emulsiyalari tayyorlashda, mashinasozlikda, elektr-radio qurilmalari, antifriksion va b. turli detallar tayyorlashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x