PLEONAZM

PLEONAZM (yun. pleonasmos — ortiqchalik) — bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklarining) semantik jihatdan takror holda qoʻllanishi. Pleonazm tejamlilik prin-sipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy vazifa bajarishga asoslanadi. Pleonastik qoʻllanish uchun shakliy takror asosiy mezon boʻla olmaydi, balki mavjud maʼnoning qay-ta takrorlanishi asosdir. Nutkda takrorlanayotgan birliklarning turi (qoʻshimcha, soʻz, gap)ga qarab, Pleonazmni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Leksik Pleonazm lar; 2. Semantik Pleonazm lar; 3. Affiksal Pleonazm lar; 4. Leksik-affiksal Pleonazm lar. 5. Sintaktik Pleonazm lar.

Agar sinonim yoki semantik jihatdan yaqin boʻlgan soʻzlar leksik birlik sifatida birikib, oʻzaro aniklovchi — aniklanmish munosabatida boʻlsa, ular leksik Pleonazmlar hisoblanadi: koʻtshak it, tuz namak, interval oraligʻi, mayda mikroblar kabi. Bunday tavtologik xarakterdagi Pleonazmlar koʻpincha oʻzlashma soʻzning maʼnosini toʻla anglamaslik yoki hisobga olmaslik natijasida unga shu soʻzning oʻzbekcha sinonimini qoʻshish tufayli vujudga keladi. Baʼzi leksik Pleonazm larda aynan bir tushunchaning takrori mavjud boʻlsada, oʻzlashma soʻz semantikasida maʼno siljishi roʻy beradi: bosh-oyoq sarpo (forscha «sar-po» — bosh-oyoq), lahm goʻsht (arab. «lahm» — goʻsht).

Oʻzbek tilida semantik Pleonazm ham keng tarqalgan: oyoq bilan tepmoq, koʻz bilan koʻrmoq, qari chol, maxfiy sir kabi (tepish oyoq orqali, koʻrish koʻz orqali sodir boʻlishi; chol boʻlgach, uning qariligi, sir boʻlgandan keyin maxfiyligi aniq narsa). Mazkur misollardagi semantik ortiqchaliklar nutkda taʼsirchanlikni, taʼkidni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Affiksal Pleonazmlar qoʻshimchalarning takrorlanishi natijasida vujudga keladi: kuylashaylikkuylaylik, koʻkimtirroq (-imtir va roq), singlisi (-i va – si) va b. Leksik-affiksal Pleonazm larda oʻzak-negiz anglatgan maʼno qoʻshimcha orqali yana takror ifodalanadi. Mas, toʻqayzor, oʻrmonzor soʻzlarining oʻzagida oʻrin maʼnosi ham, jamlik maʼnosi ham anglashiladi. Kulolchi, omborxona, yotoqxona soʻzlarida ham pleonastik qoʻllanish kuzatiladi. Bunday hollarda pleonastik qoʻllanishga hojat yoʻq. Til doimo oʻta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiydir. Ortiqchaliklar esa koʻpincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Tavtologiya ham Pleonazmning bir koʻrinishi hisoblanadi.

Neʼmat Mahkamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x