ROKOPERA

ROKOPERA — musiqali teatr janri. 1960-y. larda myuzikl hamda rok musiqannig ifodaviy vositalari negizida yuzaga kelgan («Sochlar», G. Makdermot, 1967; «Qutulish», T. Lin, 1969 va b.). Unda operaga xos ariya, xor, uvertyura kabi shakllar, shuningdek, monolog, dialog, zamonaviy raqs, yoritish vositalari hamda ovoz chiqarish elektron moslamalari keng qoʻllaniladi. Ijroda simfonik orkestr hamda rok ansambl cholgʻulari qatnashadi. Rokoperada koʻpincha mifologik (diniy), tarixiy mavzular zamonaviy talqinda namoyon boʻladi (Mas, «Iso Masih — superyulduz», E. L. Uebber, 1971). A. Jurbinning «Orfey va Evridika», A. Ribnikovning «Yunona va Avos» R. o. lari Oʻzbekistonda namoyish etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x