PLASTINKA MOʻYLOVLILAR

PLASTINKA MOʻYLOVLILAR (Sca-rabaeidae) — qoʻngʻizlar oilasi. Uz. 2 mm dan 150 mm gacha (gerkules). Moʻylovlari tizzasimon, uchki qismi plastin-kasimon, baʼzan qadahsimon boʻlib, yelpigʻichga oʻxshash taxlanadi. Oldingi oyogʻi (koʻpincha boshining oldingi qir-rasi) yerni kavlashga moslashgan. Ayrim turlarining erkagi boshida va yelkasi oldida shoxlari va boʻrtiklari boʻladi. Qurtlari oqish, yoʻgʻon; jagʻlari yaxshi rivojlangan, oyoqlari 3 juft, gavdasi S shaklida egilgan. 15 mingdan 20 minggacha, jumladan, Oʻzbekistonda 200 dan ortiq turi uchraydi. Ayniqsa, tropikada koʻp. Plastinka moʻylovlilar 2 ta ekologik guruh: goʻngxoʻrlar va skarabeylarga boʻlinadi. Koʻpchilik Plastinka moʻylovlilar tabiatda mod-dalar aylanishi va tabiiy sanitarlar sifatida (goʻngxoʻr qoʻngʻizlar) katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x