FOROB

FOROB — Toshkentning shim. gʻarbidagi qad. voha va shahar. Voha hoz. Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga kuyilish joyida, daryoning har 2 sohilida joylashgan. Forob shahri esa, Sirdaryoning oʻng sohilida boʻlgan. Forob oʻrta asr arab geograflari asarlarida «Borob», fors manbalarida «Porob» shaklida uchraydi. Forobiy va Javhariyning vatani. Arab tarixchisi Ibn Havqalnit yozishicha, Forob vohasining uzunligi hamda kengligi bir kunlik yoʻl chamasida boʻlib, yeri qisman shoʻr va botqokdan iborat boʻlgan. Mazkur vohada Forobdan tashqari Vosij va (Kadar sh. lari ham joylashgan. Istaxriy va Ibn Havqalda — nohiya, Maqdisiyda — rustoq, Yoqut Hamavip asarlarida viloyat deb yozilgan. Maqsisiyning yozishicha, Forob va unga qoʻshni yerlarni (30 farsaxgacha) har yili Sirdaryo suvi bosgan. Vohaning asosiy shahri Vosij hisoblangan, keyinchalik Forobga koʻchirilgan. Kadar sh. Vosijdan 2 farsax narida joylashgan. Forob 9 — 12-a. larda eng yirik iqtisodiy va madaniy markazga aylangan. U ark, shah riston va raboddan tashkil topgan Shahriston 4 darvoza, bir-birini ke sib oʻtgan 2 ta katta koʻcha, jome masjidi, raboddan iborat. Bozorning koʻp doʻkonlari rabodda, shahardan tashqarida joylashgan. Forob 1219—20 y. larda Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan.

2) oʻrta ayerlarda Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan shahar. Manbalarda turli shakllarda (Farabr, Firob, Firabr) uchraydi. Narshaxiynmng soʻzlariga koʻra, Forob turk xoqonining oʻgʻli Sheri Kishvar (ElArslon) tomonidan bunyod etilgan (mil. 6-a. oxiri — 7-a. boshi). 9-a. da Forob Marv viloyatining chegara shahri hisoblangan. 10-a. da Forob maʼmuriy jihatdan Buxoro viloyatiga mansub boʻlgan. Oʻrta ayerlarda Forob ark va shaxristondan iborat, atrofi mudofaa devori b-n oʻralgan, jome mayejidi bor shahar edi. 10-a. da uning atrofida bir necha chiroyli rabotlar qurilgan. Forob shahar xarobasi Forob t. y. stansiyasidan 10 km, Amudaryo qirgʻogʻidan 1 km masofada joylashgan. Ark (mayd. — 9 ga) ning 7 minorasi va bir darvozasi, shahriston (70ga)ning kamida 3 darvozasi boʻlgan. Forob 13-a. boshida Chingizxon tomonidan vayron qilingan, keyinchalik uning oʻrnida kichik qishloq mavjud boʻlgan. 14-a. da Forobning oʻz zarbxonasi bor edi. 18-a. da Forob tashlandiq holga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x