FONUS

FONUS, fonar — 1) qoʻlda koʻtarib yuriladigan (ichiga chiroq yoki sham qoʻyiladigan), shamol va yoginsochindan muhofaza qilingan, biror joy (koʻcha, maydon)ga oʻrnatiladigan chiroq, qandil; 2) meʼmorlikda bino tomi qubbasidagi dumaloq yoki koʻpqirrali ichkarini tabiiy yoritish va shamollatish uchun xizmat qiladigan meʼmoriy shakl. Darboziy uslubi Fonus larning dastlabki koʻrinishidir (Niso, Panjakentsat turar joy va mehmonxonalar rekonstruksiyalari). Fonuslar, asosan, zal, gumbaz, minora choʻqqisiga ishlanadi. Uning sodda koʻrinishlari Parfenon, Qad. Misrning gipostil zallari, Qad. Rim bazilikalariaa, Panteon, Juma mayejid, Abulfazl maqbarasi, Sofiya ibodatxonasi, Toʻrabekxonim maqbarasi gumbaz gardishidagi darchalar qatorida uchraydi. Buxorodagi Abdullaxon madrasasi F. ning 8 tuynugidan tushayotgan yorugʻlik ikki qavatli hujralarni yoritib turadi. Zamonaviy meʼmorlikda xona (zal)larni tepadan oynavandli Fonuslar orqali yoritish keng tarqalgan (Toshkentdagi Oʻzbek milliy akademik drama teatri, bank binolari va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x