MOHIYAT VA HODISA

MOHIYAT VA HODISA — falsafiy tushunchalar. Mohiyat narsalarning ichki mazmuni boʻlib, ularning turlituman xossalari va munosabatlarini yaxlit aks ettiradi. Hodisa narsaning biror tarzda zohir boʻlishi, tashqi mavjudlik shaklidir. Insonning bilishi dastlab hodisalarni bilishdan boshlanadi, soʻng uning mohiyatini tushuna boshlaydi. Mohiyat narsalarni chuqur taxlil qilish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Fanning vazifasi borlikdagi xrdisalarni ularning belgi va xususiyatlari ostida yotgan moxiyatni izlab to-pishdan iborat. Mohiyat va hodisa va h. tushunchalari inson bilimlari tizimining qamma sohalariga tegishli boʻlib, dunyoni bilishning metodologik vositasi hisoblanadi. Narsalarning doimo oʻzgarib va rivojlanib turishi jarayonida ularning mohiyati, shunga mos tarzda hodisalar ham oʻzgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juzʼiy oʻzgarish muqarrar ravishda hodisada ifodalanadi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x