FARMONOV Shokir Qosimovich

FARMONOV Shokir Qosimovich (1941.20.2, Dangʻara tumani) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000). Fizikamat, fanlari dri (1973), prof. (1977). ToshDU ning mexanikamatematika f-tini tugatgan (1963). Oʻzbekiston FA Matematika intida kichik, katta ilmiy xodim, soʻngra ehtimollar nazariyasi boʻlimi mudiri, bosh ilmiy xodim (1965 — 88, 1996 2003). OʻzMU ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri (1988 96, 2004-y. dan prof.). Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika un-ti matematika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003 — 04). Ilmiy ishlari Markov zanjiri boʻyicha bogʻlangan tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun limit teoremalariga oid. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari boʻyicha turkum ishlarni bajargan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x