MENDELEYEV Dmitriy Ivanovich

MENDELEYEV Dmitriy Ivanovich [1834.27.1 (8.2), Tobolsk – 1907.20.1 (2.2), Peterburg (hoz. Sankt-Peterburg)] — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika in-ti fizikamatematika f-tining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856-y. da Peterburg untida magistrlik dissertatsiyasini yoklaydi. 1859—61 y. larda Gelderberg sh. ga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. Mendeleyev bu yerda Gelderberg untining R. V. Bunzen boshchiligidagi lab. da ishlaydi. 1861-y. da «Organik kimyo» darsligi chop etiladi. 1865-y. da d-rlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg untining prof., 1876-y. dan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893-y. da Mendeleyevning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Tarozi va oʻlchovlar bosh palatasiga aylantiriladi. Mendeleyev umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi.

Mendeleyevning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyo texnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va b. ga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — M. ning buyuk xizmatidir (q. Mendeleyev davriy sistemasi). M. eritmalarning kimyoviy («gidrat») nazariyasini ishlab chikdi, kritik trani kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va t-ra orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (KlapeyronMendeleyev tenglamasi) hisoblab topdi (1874). Kumirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni i. ch. ni yoʻlga qoʻydi.

Moskva kimyotexnologiya in-ti va Tobolsk pedagogika in-ti Mendeleyev nomiga qoʻyilgan. Shim. Muz okeanidagi suv osti tizmasi, Kunashir orolidagi (Kuril o. lari) soʻnmagan vulkan, Oydagi krater, mendeleyevit minerali Mendeleyev sharafiga atalgan.

1955-y. da Amerika olimlari (G. Siborg va b.) sintez qilgan 101-element ni Mendeleyev sharafiga mendeleyeviy (Md) deb atadilar.

As: Sochineniya, T., 1—25. L. —M, 1937 — 54.

Ad.: Makarenya A. A., Filimonova I. N., Karpilo N. G., D. I. Mendeleyev v vospominaniyax sovremennikov, 2 izd., M., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x