MANOMETR

MANOMETR (yun. manos — nozik, siyrak va… metr) — suyuklik, gaz yoki bugʻning bosimini ulchash uchun moʻljallangan asbob. Mexanik, suyuqlikli, elektr, issiqlik, porshenli, deformatsion, radiometrik, ionizatsion va b. xillari bor. M. oʻlchash tizimining asosini birlamchi bosim uzgartirgichidan iborat sezgir element tashkil qiladi. Mexanik Manometrda bunday element vazifasini naycha, porshen, membrana yoki ulchanayotgan bosimni qabul qiladigan boshqa element oʻtaydi. Suyuqlikli Manometrda bosimni muvozanatlab turadigan suyuklik (simob, moy va b.) ustuni sezgir elementdir. Elektr M. ning ishi ulchanayotgan bosim taʼsirida sezgir elementning elektr xossalari (mas, elektr qarshiligi) uzgarishiga asoslangan. Manometrning boshqa turlarida ham asosiy qism sezgir elementdir (mas, deformatsion Manometrda elastik qobiq, porshenli Manometrda porshen va h. k.). M. shkalali va shkalasiz bulishi mumkin. Manometr bilan atmosfera bosimi (q. Aneroid, Barometr) siyraklashgan gazlar bosimi (vakuummetr) hamda atm. bosimidan katta ikki bosimlar farqi oʻlchanadi. Suyuklik ustuni balandligi boʻyicha bosimni oʻlchash gʻoyasini 1640-y. da E. Torrichelli ilgari surgan. 1891-y. da fransuz olimi L. Kalyete birinchi suyuklikli Manometrni qurib, Parijdagi Eyfel mi-norasiga oʻrnatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x