MANJURIYA OPERATSIYASI

MANJURIYA OPERATSIYASIIkkinchi jahon urushi davrida SSSRning Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan yirik jangovar operatsiyasi (1945 y 9.8—2.9). Zabaykalye fronti, 1 – va 2-Uzoq Sharq fronti qoʻshinlari (qoʻmondonlar — Sovet Ittifoqi marshallari R. Ya. Malinovskiy, K. A. Mereskov va armiya generali M. A. Purkayev), Tinch okean fronti (qoʻmondon — admiral I. S. Yumashev), Amur harbiy flotiliyasi (qoʻmondon — kontr-admiral N. V. Antonov) va Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) qoʻshinlari (qoʻmondon — MXR marshali X. Choybalsan) bilan hamkorlikda Uzoq Sharkdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni Sovet Ittifoqi marshali A. M. Vasilevskiyning umumiy qoʻmondonligi ostida shiddatli zarbalar bilan Yaponiyaning Kvantun armiyasi (qoʻmondon O. Yamada) ning kuchli mudo-faasini yengib va yurish qiyin boʻlgan joylar (tayga, togʻlar, shu jumladan, Katta Xingan tizmasi) dan oʻtib, Manjuriyaning muhim markazlariga yetib bordilar. 19 avg. da yapon qoʻshinlari yal-pisiga asir tusha boshladilar.

Sovet qoʻshinlarining Manjuriya operatsiyasi dagi gʻalabasi 2 sent. da Yaponiyani taslim boʻlishga majbur qildi va 2-jahon urushining tugashiga olib keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x