MANAMA

MANAMABahrayn davlatining poytaxti (1971-y. dan). Bahrayn o. ning shim.-sharqiy qismidagi Ar-Rummon ya. o. da. Iklimi tropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 16°, avg. niki 37°. Yiliga oʻrtacha 90 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi shahar atrofi bilan 153,4 ming kishi (2001). Mamlakatning Fors qoʻltigʻidagi asosiy porti. Damba orqali Muharrak o. dagi Muharrak sh. bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Manamada neftni qayta ishlash z-di, neft kimyosi k-ti, alyuminiy z-di, kema taʼmirlash korxonasi, mayda va oʻrta yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid va sadaf olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x