UCHLANMA NUQTA (termodinamikada) — moddaning holat diagrammasit undagi 3 faza — qattiq, suyuq va gazeimon fazalarining turgʻun muvozanat holatiga moye keladigan tra va bosimni ifodalovchi nuqta. Gibbsning fazalar qoidasiga koʻra, kuzatilayotgan moddaning muvozanat holatida uchtadan ortiq fazalar boʻlishi mumkin emas. Agar modda uchta emas, balki undan koʻp fazalarda mavjud boʻlishi mumkin boʻlsa, bunday moddaning holat diagrammasida bir necha Uchlanma nuqta boʻlishi mumkin. Mas, suv uchun bitta Uchlanma nuqta bosim 610 Pa [4,58 mm sim. ust. ] va tra 0,008°S [273,15 K] boʻlgan nuqtada kuzatiladi. Bunda muz, suv va suv bugʻi oʻzaro muvozanatda boʻladi. Suvning Uchlanma nuqta t-rasi T=273,15 K termodinamik temperatura shkalasyning reper nuqtasi hisoblanadi. Turli moddalar uchun Uchlanma nuqtada tra va bosim turlicha boʻladi (jadvalga q.).
2000 atm va undan ortiq bosimlarda hamda tra 20° dan past boʻlgan sharoitda suv bilan birga uning holati — muz (kristall)ning 5 dan ortiq fazalarini kuzatish mumkin. Shuning uchun ayrim Uchlanma nuqta larda 3 xil kristall fazalar oʻzaro muvozanatda ham boʻladi.