GRENOBL — Fransiyaning jan.sharqidagi shahar. Izer departamentining maʼmuriy markazi. Shim. Alp togʻlarida, Izer va Drak daryolari qoʻshilgan joyda. Aholisi 156 ming kishidan ziyod (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, sement, qogʻoz, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida yirik GES qurilgan. Grenoblda un-t (1339), yadro fizikasi tadqiqot in-ti, badiiy muzey bor. Grenobl alpinizm va sportning kishki turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazib turiladigan markaz. 1968-y. da qishki Olimpiada sport oʻyinlari oʻtkazilgan. 11 — 17-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые