GLYUKURON KISLOTA (glyukoza va yun. uron — siydik) , (SNOSNON)4 SOON — uron kislotalardan biri. Hayvon va oʻsimlik organizmlarida glyukozaning birlamchi spirt guruhi oksidlanishidan hosil boʻladigan optik faol kristall modda. Suyuklanish t-rasi 167—172°. Suvda, ishqor va karbonatlar eritmasida yaxshi, boshqa koʻpgina erituvchilarda yomon eriydi. Aksari mukopolisaxaridlar, saponinlar, har xil oʻsimlik yelimlari va bakterial polisaxaridlarning tarkibiga kiradi, oʻsimliklar bargida, qand lavlagida va b. da uchraydi. Glyukuron kislota polisaxaridlarni gidroliz qilib, sintetik usulda esa glyukoza hosilalarini oksidlab, qand kislotaning birlamchi laktonlarini kaytarib olinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые