GIROSKOPIK QURILMALAR

GIROSKOPIK QURILMALAR, giroskopik asboblar — giroskoplar oʻrnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar oʻrnatilgan obyektning vaziyatini ifodalaydigan parametrlarni aniqlaydi, obyektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishlatiladigan Giroskopik qurilmalar giroskopning turi, sezgir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy prinsiplari, kardanli osma turi, vazifasi bilan tavsiflanadi.

Giroskopik qurilmalar obyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (turli astatik va pozitsion giroskoplar); obyektning burchak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differensiyalovchi giroskoplar); kattaliklar boʻyicha integrallarni aniqlaydigan (integrallovchi giroskoplar); obyektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shuningdek, obyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigatsiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xillarga boʻlinadi. Giroskopik qurilmalar dengiz flotida, aviatsiyada, raketa va kosmik texnikada, harakatlanuvchi obyekt larning navigatsiya va boshqarish masalalarini hal qilish uchun xalq xoʻjaligida, baʼzi maxsus ishlarni (geodezik, topografik va b.) oʻtkazishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x