AHMAD ibn TULUN Abulabbos (835-883) — Misrda 868 — 905-y. larda hukmronlik qilgan tuluniylar sulolasi asoschisi. Ahmad ibn tulun T. yoshligida Bagʻdod xalifasi saroyida xizmat qilgan. 868-y. dan Misrning muvaqqat voliysi. Qaynotasi Mojur Misr voliysi qilib tayinlangandan soʻng (870), butun Misrni idora qilish ishi Ahmad ibn tulun T. qoʻliga oʻtgan. Shundan keyin u xalifalikdan mustaqil boʻlib ajrab chiqish uchun kurasha borib, 878-y. Shomni bosib oldi. Shu tariqa 200 mingdan ortiq askari boʻlgan mustaqil davlat tuzdi. Misr va Shom 904-y. gacha A i. T. asos solgan sulola xukm-ronligida boʻldi. Ahmad ibn tulun T. hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun koʻp qon toʻkdi, lekin qurilish va obodonchilik ishiga katta ahamiyat berdi. Qohira sh. chekkasida u qurdirgan katta jome masjid, kurkam saroy va shifoxona hoz. kungacha saqlanib qolgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые