AQL

AQL — inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka boʻlgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. Aql obyektiv dunyo narsa-hodisalarining muhim qonuniy aloqa-munosabatlarini aks ettirish va shu tariqa voqelikni ijodiy oʻzgartirish imkonini beradi. Fikrning teranligi, tanqidiyligi, uygʻunligi, kengligi va tezligi Aqlning eng mugʻim sifatlari hisoblanadi. Aql yashash sharoiti taʼsirida, faoliyat va ayniqsa taʼlim-tarbiya jarayonida rivojlanadi. Bir necha falsafiy oqimlarda Aql oliy ibtido va mohiyat (panlogizm), insonlarning bilishi va xulqi asosi (ratsionalizm) deb tushuniladi. Marifat-parvarlik davrida Aqlga sigʻinish kuchaygan (yana q. Logos, Nus, Tafakkur).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x