ATERINASIMONLAR (Atheriniformes) — suyakli baliklar kenja turkumi. Uz. 4—50 sm. Karpsimonlar va sargansimonlarga qarindosh, jabra pardasi 5—7 nurli, burun teshigi bir juft, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari yirik, sikloid, baʼzan ktenoid tipida, yon chiziqlari kucheiz rivojlangan. Aterinasimonlar 5 oila, 40 urut va 180 toʻrni oʻz ichiga oladi. Chuchuk, shoʻrlangan va dengiz suvlarida, asosan tropik va subtropik suv havzalarida uchraydi. Tirik tugadigan Aterinasimonlarning anal va jinsiy teshiklari, shuningdek kuyikish organi tomogida joylashgan. Tuxum qoʻyib koʻpayadigan Aterinasimonlar suv tubiga yoki oʻsimliklarga yirik tuxumlarini qoʻyadi. Tuxumlardan tez orada baliqchalar chiqadi. Kaliforniya A. (Jeuresthes tenuis) suv koʻtarilgan paytda tuxumlarini qirgʻoq yaqinidagi qumga koʻmib qoʻyadi, suv qayta koʻtarilgunicha tuxumlardan yosh baliqchalar rivojlanib chiqadi. Qora va Azov dengizlarida Jan. Yevropa aterinasi (Atherina boyeri), Kaspiy va Orol dengizlarida, Uzboy oʻzanidagi koʻllarda Kaspiy aterinasi (A. boyeri kaspia) tarqalgan. Kaspiy aterinasi mayda, uz. 10 sm gacha, har xil shoʻrlangan (7—36% gacha va undan ham yuqori) suvlarda yashaydi. Zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim Aterinasimonlar ovlanadi yoki akvariumlarda boqiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые