ASTURIYA — Ispaniya shim. dagi tarixiy viloyat. Kantabriya togʻlarining shim. yon bagʻrida. Maʼmuriy jihatdan hoz. Ovyedo provinsiyasini tashkil etadi. Mayd. 10,6 ming km2. Axrlisi 1,1 mln. kishi (1991). Eng katta shaxri — Ovyedo. Qadimda astura qabilasi tomonidan egallangan edi. Mil. av. 1-a. da rimliklar, 414-y. da vestgotlar tomonidan ishgʻol qilingan. 6-a. oxirlarida arablar qoʻliga oʻtgan. Asturiya 718-y. dan (Kovadonga vodiysidagi jangdan soʻng) qirollik (poytaxti — Ovyedo). 924-y. da Asturiya hududi Leon qirolligi bilan qoʻshilib yagona Leon qirolligi, 1230-y. da Kastiliya bilan birlashib, Leon-Kastiliya qirolligi deb ataldi. 15-a. da birlashgan Ispaniya tarkibiga kirgan. 1808—14 y. larda Asturiya aholisi Napoleon qoʻshinlariga qarshi qat-tiq kurash olib borgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые