ASTROGRAF (astro… va… graf) — osmon yoritqichlarini fotografik usulda kuzatish uchun moʻljallangan teleskop. U koʻpincha optik oʻqlari bir-biriga parallel ikki truba: osmon yoritqichlarini suratga tushiradigan asosiy va kuzatilayotgan yoritqichga boʻlgan yoʻnalishni oddiy koʻz bilan tekshirib turish uchun moʻljallangan vizual trubadan iborat boʻladi. Astrograf yordamida suratga olish baʼzan juda uzoq, (bir necha soat) davom etadi: shuning uchun osmon gumbazi bilan birga harakatlanadigan yoritqichlarni kuzatishni osonlashtirish maqsadida Astrograf soat mexanizmlariga ega boʻlgan maxsus parallaktik qurilmalarga oʻrnatiladi. Astrometrik ishlarda fokus masofasi 2 m dan kam boʻlmagan Astrograf qoʻllaniladi. Astrografning fokus masofasi ortgan sari uning yordamida olinadigan fotosuratning masshtabi ham kattalashadi. Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida fokus masofasi 2,0; 3,0 va 3,4 m li Astrograflar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые