IZBOSKAN NEFT-GAZ KONI

IZBOSKAN NEFT-GAZ KONIFargʻona vodiysining shim. sharqidagi Iz-boskan antiklinal burmasida joylashgan neft-gaz koni. Iz-boskan strukturasi 1933-y. da aniqlangan va tektonik jihatdan Moylisuv strukturalari guruhiga kiradi. Kon 1950-y. ishga tushirilgan. Izboskan neft-gaz konining geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr, paleogen va neogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Gil, ohaktosh, qumtosh va alevrolitlardan iborat. Dastlabki kidiruv ishlari konda 1935-y. da boshlangan. 1945-y. da chuqur burgi quduklari qazilgan. Izboskan antiklinalining uz. 35 km, eni 7 km boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan yagona burmadan iborat; paleogen davri yotqizikdari boʻyicha uz. 10,5 km, eni 1,8 km; shim. qanoti 30°, jan. kanoti 20° enkaygan. Izboskan burmasini uzuna-siga 3 ta tektonik uzilma kesib oʻtgan. Uzilma tekisligi boʻyicha qatlamlar 13-va 18-gorizontida katta gaz uyumlari, paleogen davri yotqiziklaridagi 3-, 5-, 7-, 8-, 9 – gorizontlarida esa neft uyumlari topilgan. 8-gorizont eng mahsuldor. 2400 m chuqurlikda joylashgan. Paleogen davri yotqiziklaridagi dastlabki burgʻi qudugʻidan (1950) sutkasiga 10 t, 1967-y. ga qadar esa 2644 ming t neft olingan. 1963-y. boʻr davri qatlamlaridan sutkasiga 1 mln. m3 gaz olina boshlagan. Neftning zichligi 0,864 g/sm3, oltingugurtning mikdori 0,33 %, aksiz qatroni 35 %, parafin 6 %. Gazning tarkibi metan (50 %), karbonat angidridi (12,6 %)dan iborat. Kondan ayni paytda oz mikdorda neft va gaz olinmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x