«EKONOMICHESKOE OBOZRENIE» («Iqtisodiy tahlil») — oylik ilmiy-amaliy iqtisodiy jurnal. Muassisi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi. BMTning Iqtisodiy dasturi koʻmagida 1998-yildan Toshkentda rus tilida nashr qilinadi. Tahririyat kengashi Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining rahbarlaridan tashkil topgan. Baʼzi maqolalar oʻzbek, ingliz tillarida bosiladi. Jur. iqgisodchilar, tadbirkorlar, menejerlar, davlat xizmatchilariga moʻljallangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi masalalari, biznesni yuritish, xususiylashtirish, iqtisodiy oʻsish va aholini ijtimoiy himoyalash, soliq va byudjet, pulkredit, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalarining nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. Nashrda mamlakat va xorij iqtisodiyoti yangiliklari, sharhlar, statistika, ishbilarmonlar uchun amaliy maʼlumotlar beriladi. Adadi 12 ming nusxa (2005).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые