EKKLESIYA

EKKLESIYA (yun.) Yunonistonda xalq majlisining eng koʻp tarqalgan nomi. Demokratik polislarda (mas, mil. av. 5-asr oʻrtasida Perikl davridagi Afinada) Ekklesiya — qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatiga ega boʻlgan davlatning oliy organi; mansabdorlarni saylab ularni doimo nazorat ostiga olgan Ekklesiya tarkibi mulkiy senz belgilari orqali fuqarolar orasidan tanlab olingan. Odatda, Ekklesiya oʻz vazifasini bule — E. muhokamasi uchun oldindan savollar tayyorlab qoʻyadigan kengash bilan amalga oshirgan. Bir qator yunon polislarida xalq majlislari maxsus nomlar bilan atalgan: Spartada — apella, Delfa va Fessaliya shahrilarida — agora, Argos, Epidavr, Gel, Akragantda — aliya. Soʻnggi davr antik yozuvchilari asarlarida xalq majlislari oʻtkaziladigan joy ham Ekklesiya deb atalgan. Xristianlikda Ekklesiya deb dindorlar jamoasi, baʼzan butun cherkov tushunilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x