EYKMAN Xristian (1858.11.8, Neykerk, Gelderland — 1930.5.11, Utrext) — gollandiyalik bakteriolog va shifokor. Amsterdam un-tini tugatgan, tibbiyot d-ri (1883). Berlinda R. Kox bilan birga tadqiqotchi shogird sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1886-yildan Indoneziyada harbiy shifokor boʻlib ishlagan; 1888-yilda Jakartadagi patologik lab. direktori (1888—98), Gollandiya Utrext un-ti prof. (1898—1928). Asosiy ilmiy ishlari vitaminlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Vitamin tanqisligi ayrim kasalliklar paydo qilishini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1929; F. G. Xopkins bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые