XLOROPLASTLAR

XLOROPLASTLAR (yun. chloros — yashil va plastos — yasalgan) — oʻsimliklarning fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari). Xloroplastlar oʻsimliklarning yer ustki qismida joylashgan hujayralari, ayniqsa, barglar va yashil mevalar hujayralari sitoplazmasida kup uchraydi. Yashil suvoʻtlar hujayrasi Xloroplastlari xromatoforalar deyiladi. Xromatoforalar, odatda, bitta, baʼzan bir nechta boʻladi. Xloroplastlarda fotosintez bilan bir vaqtda aminokislotalar va yogʻ kislotalari ham sintezlanadi; kraxmalning vaqtinchalik zaxiralari saklanadi. X. uz. 5—10 mkm, eni 2—4 mkm ga yaqin, shakli yumaloqlinzasimon yoki ellipssimon. X. sitoplazmadan ikki qavat membrana bilan ajralgan, ichki boʻshligʻi stroma deyiladi. X. stromasida joylashgan tuzilma birlik — tilakoidlar yassi xaltachalarga oʻxshaydi. Bir guruh disksimon tilakoidlar ustmaust joylashib, granlar (qirralar) hosil qiladi. Granlardagi tilakoidlar boʻshligʻi oʻzaro tutashgan boʻladi. Xloroplastlarda granlar soni 40—60, baʼzan 150 taga yetadi. Tilakoidlar membranalarida asosiy pigment — xlorofillar va qoʻshimcha pigmentlarkarotinoidlar joylashgan. Elektron mikroskopda tilakoidlar ustmaust qoʻyilgan tangachalarga oʻxshaydi. X. stromasida ribosomalar, DNK hamda fotosintez va ATF sintezida qatnashuvchi fermentlar joylashgan; stromada lipidlar, kraxmal va oqsil ham uchraydi. Xloroplastlarda ribosomalar, fotosintezning yorugʻlik fazasi reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar va tilakoid membranalari tarkibiga kiruvchi oqsillar ham sintezlanadi. X. oʻz genetik apparate va maxsus oqsil sintezlovchi sistemaga ega boʻlgani uchun hujayraning avtonom organoidlari qatoriga kiritiladi. Xloroplastlar dagi oqsillarning 25—30% ga yakini ularnint oʻzida, qolgan qismi yadro genlari nazoratida sintezlanadi. X. tuzilishiga binoan ayrim bakteriyalarga oʻxshaydi. Xuddi bakteriyalardagi singari X. stromasida bir yoki bir nechta DNK molekulalari mavjud, lekin gistonli oqsillar boʻlmaydi. X. ham bakteriyalar kabi boʻlinish nuli bilan koʻpayadi va hujayradagi soni ortadi. X. proplastidlarning boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. Barglar va poyalar qariganida yoki mevalar pishganida xlorofill pigmentlari parchalanishi tufayli oʻsimlik yashil rangini yoʻqotadi; barglar sargʻayib, mevalar oʻziga xos rangta kiradi. Bu oʻzgarishlar tufayli X. oʻzgarib xromoplastlarga aylanadi. X. sianobakteriyalarning qadimgi yadroli geterotrof suvoʻtlar bilan simbiogenezi natijasida kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.

Kurash Nishonboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x