FRENOLOGIYA

FRENOLOGIYA (yun. phren — akl va … logiya) — inson ruhiy xususiyatlari b-n uning kalla suyagi tuzilishi oʻrtasida bogʻlanishlar bor, deb hisoblovchi taʼlimot. Asoschisi — nemis shifokori Frans Gall (1758—1828). 19-a. ning 1yarmida keng tarqalgan. Frenologiya qobiliyatlar odam bosh miyasining turli qismlarida joylashgan boʻladi, degan fikrni ilgari surgan. Aqliy sifatlar katta yarim sharlardagi izchalar orqali izohdangan. Gall miya xaritasini tuzib, unda har bir qobiliyatning maxsus organini tasvirlab bergan. Frenologiya taʼlimotiga koʻra, miya ayrim qismlarining rivojlanishi kalla suyagi shakliga taʼsir koʻrsatadi va uning tegishli qismini qabariq shaklga keltiradi. Frenologiya 19-a. da ruhiy tashxis uslubi sifatida keng qoʻllanilgan. 1870-y. da Frich va Gitsig tomonidan miyaning turli qismlarida ruhiy harakat markazlari mavjudligi toʻgʻrisidagi qonuniyatning kashf etilishi Frenologiyaning yaroqsizligini koʻrsatdi.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x