REKTOR

REKTOR (lot. rector — boshqaruvchi, rahbar) — oliy oʻquv yurti, diniy seminariya rahbari. Uygʻonish davrida Yevropada koʻp sinfli maktablarning asosiy oʻqituvchisi va mudiri Rektor deb atalgan. Fransiyada oʻquv yurti («akademiya») rahbari ham Rektor deyiladi.

Oʻzbekistonda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash intlarining ham rahbari. Oliy oʻquv yurti va malaka oshirish in-ti Rektor lari shu oliy oʻquv yurti va malaka oshirish in-ti mansub boʻlgan vazirlik va tashkilot tomonidan tayinlanadi. Rektor likka ilmiy daraja va unvoni boʻlgan hamda katta ish tajribasiga ega shaxslar tayinlanadi. Rektor oliy oʻquv yurti va malaka oshirish in-tidagi taʼlimtarbiya, oʻquv hamda ilmiy ishlarni boshqaradi. Oʻquv rejasi va dasturi hamda i. t. ishlari rejasining bajarilishini nazorat qiladi. Oliy oʻquv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislarning xalq xoʻjaligi sohalariga taqsimlanishini boshqaradi. Oʻqituvchiprof. lar tarkibi, oʻquv mashgʻulotlari jadvali, oliy oʻquv yurti ichki tartibqoidalari va b. ni tasdiqlaydi. Rektor korxona va tashkilotlar bilan i. t. ishlari bajarilishi boʻyicha mehnat shartnomalari tuzadi, injenertexnik va rahbar xodimlarning malakasini oshirish kurelarini kelishuv asosida tashkil qiladi. Oʻzi Rektorlik qilayotgan oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish inti ilmiy kengashi raisi hisoblanadi va uning qarorlarini tasdiqlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x