FLAMAND TILI — niderland tili jan. variantining shartli va anʼanaviy nomi; niderland tilining Flandriyadagi laxjasi. Belgiyaning shim. viloyatlari (Gʻarbiy va Sharqiy Flandriya, Brabant, Antverpen, Limburg)da, kisman Fransiya va AQSHdatarkalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Flamand tili tda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,2 mln, (jumladan, Belgiyada 5,1 mln. Niderlandiyada 1,7 mln, Fransiyada 250 ming) kishidan ortiq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые