NOVOROSSIYA

NOVOROSSIYAKora dengizning Shim. sohillarini 18-a. ning 2 – yarmidan 1917-y. gacha boʻlgan rasmiy nomi. Turkiya b-n imzolangan bir qancha bi-timlarga (1739, 1774, 1791, 1812), aso-san, 18-a. da Rossiyaga qoʻshib olingan. «Novorossiya» atamasi yangi hududni xoʻjalik jihatdan Rossiya tomonidan oʻzlashti-rilishi natijasida kelib chiqqan. Rossiya hukumati bu yerlarga ukrain va ruslarni koʻchirib keltira boshlagan, ko-lonistlar orasida koʻplab nemis va greklar ham boʻlgan. Hukumat zoʻr berib Novorossiya yerlarini nafaqat podsho amaldorlariga, balki koʻchib kelish sharti bilan «xar qanday past darajadagi» shaxslarga ham tarqata boshlagan. Oʻlka hayotida dehqonchilik va chorvachilik katta oʻrin tutgan. 18-a. da Novorossiyada Yekaterinoslav, Nikolayev, Xerson, Odessa kabi shaharlar barpo etilgan; 1838-y. 12 sent. da Novorossiysk sh. ga asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x