SUV SAQLOVCHI GORIZONT

SUV SAQLOVCHI GORIZONTsuv oʻtkazadigan bir xil tarkibli yoki litologik tarkibi va gidrogeologik xususiyatlari oʻxshash boʻlgan togʻ jinslarining yer osti suvi bilan toʻlgan bir yoki bir necha qatlami, darzlik boʻshliqlari, gʻovaklar, boʻshliqlar. Suv saqlovchi gorizont burgʻi qudugʻi va b. manbalarni yetarli oqim bilan taʼminlaydigan darajada oʻzida suv yigʻa oladigan katlamdir. Birbiri bilan gidravlik ravishda bogʻlangan Suv saqlovchi gorizont suvli majmuani hosil qiladi. Agar yer osti suvlari suv utkazmaydigan qatlamlarga nisbatan ustki ta ostki tomondan chegaralangan va atmosfera bosimidan yuqori bosim ostida boʻlsa, Suv saqlovchi gorizont bosimli hisoblanadi. Bosimsiz suvli gorizontda yer osti suvlarining sathi oʻtkazuvchanlik zonasining ustki chegarasi boʻlib, unda bosim atmosfera bosimiga mos keladi (q. Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x